asr1990.ru.gg - Ahmad Yassaviy


A HMAD YASSAV1Y (1166-yilda vafot etgan) Ahmaad Yassaviy atoq1i mutasavvuf shoir, shayxul mashoyix, sultonul orifin laqablariga musharraf bo’lgan buyuk zot, Yassaviya (Jahriya) nomli tariqatning asoschisidir. U Sayram shahrida Shayx Ibrohim ota va Oysha ona (Qorasoch momo) oilalarida dunyoga keladi. Unnng Latif ota va Mustafoquli ota kabi aka-ukasi bo'lgan. Ahmad 7 yoshida otasidan yetim qoladi. Dastlab Arslonbobdan, keyinchalik buxorolik yirik mutasavvuf Yusuf Hamadoniydan. tahsiil oladt. So`ngra Turkistonga qaytib shayxlik qiladi ovozasi ortadi. Ahmad Yassaviy Muhammad payg`ambardan ortiq umr ko`rishini istamagan va 63 yoshida yerto`laga tushib, umrining oxirigacha ana shu yerto’lada yashagan. Amir Temur 1395-1397-yillarda Ahmad Yassaviy dafn etilgan joyga maqbara qurdirgan, Ahmad Yassaviy she'rlarini to`rtlik shaklida yaratib, ularga “hikmat” deb nom bergam Hikmatlarga “Qul Xoja Ahmad”, “Xoja Ahmad Yassaviy”, “Ahmad ibn Ibrohim”, “Sulton Xoja Ahmad Yassaviy”, “Yassaviy Miskin Ahmad”, “Ahmadiy”, “Qul Ahmad”, “Miskin Ahmad” kabi taxalluslar qo`yilgan. Yassaviy hikmatlarida jaholat va nodonlik qoralangan. Shoir ijodi uchun Qur'on, hadis va umuman diniy ma'rifat yetakchi xususiyat hisoblanadi. Yassaviyning asarlarida hayotning barcha bosqichlari “shariat”, “tariqat”, “ma'rifat” va “haqiqat” dan iborat degan tasavvufona g`oya o`z ifodasini topgan. Yassaviy hikmatlarining tili xalqning jonli so`z1ashuv va xalq qo'shiqlari tiliga yaqin turadi. Asarlati: “Devoni hikmat” ("Daftart soniy" (Ikkinchi daftar)), “Tariqat odobi to’g’risidagi risola”, “Me'roj hikoyasi”, “Munojotnoma”, “Faqrnoma” va boshq.
Сегодня были уже 1 посетителей (3 хитов) здесь!

=> Тебе нужна собственная страница в интернете? Тогда нажимай сюда! <=