asr1990.ru.gg - ABDULXOLIQ G`IJDUVONIY


ABDULXOLIQ G`IJDUVONIY Xoja Abdulxoliq G`ijduvoniy XII asrning birinchi choragida G`ijduvonda tug`ilgan. U dastlabki ta'limni otalari Abduljamildan hamda xususiy muallimlardan olgan. Shundan so`ng Balxga borib Xoja Fazliddin go`lida o`n bir yil tahsil olgan. Marv, Saraxs, Tus singari Xuroson shaharlariga safar qiladi. Saraxsda mashhur alloma Yusuf Hamadoniy bilan uchrashib, bir umrga ustoz-shogird bo`lib qoladi. Abdulxoliq bir necha marta Haj ziyoratida bo’lgan: Shayx 117 yil umr ko`rib, 1220-yili o`z vatanida vafot etgan. Xijduvoniydan bizga qadar axloQiy-ta'limiy va sof ilmiy-nazariy inohiyatdagi “Risolai tariqat”, “Risolai sahobiya”, “Odobi tariqat”, “Maqsadul solikin” “Vasiyatnoma”, “Manoqibi Xoja Yusuf Hamadoniy”, “Maslak ul-orifin» singari bir qancha risolalar meros bo’lib qolgan. Alisher Navoiy Xoja Abdulxoliq G`ijduvoniy haqida: “Vahyliklari shu darajaga edikii namozga Ka'baga borar edilar” - deb yozgan.
Сегодня были уже 1 посетителей (4 хитов) здесь!

=> Тебе нужна собственная страница в интернете? Тогда нажимай сюда! <=